Bosh rejaga xilof ravishda er uchastkalari ajratilishi, qurilish-montaj ishlarini kelishilmagan holda boshlash holatlari bo`yicha 370 ta noqonuniy xarakat aniqlandi
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma`lum qildi:
«Mahalliy ijro etuvchi hokimliklar tomonidan hududlar bosh rejalariga zid ravishda qaror qabul qilish amaliyoti hanuzgacha davom etmoqda. Mazkur holatlarni bartaraf etish bo`yicha mutasaddi idoralarga taqdimnomalar kiritilishiga qaramasdan, qonuniy talablar qanoatlantirilmasdan qolmoqda.
Masalan, 240 ta shahar va tuman bosh rejalari ustidan monitoring ishlari olib borilgan. Natijada 814 ta qoida buzilish holati aniqlandi hamda ular yuzasidan mutasaddi idoralarga ogohlantirish xati va taqdimnomalar yuborildi.
️ 127 ta noqonuniy holat yuzasidan jarima jazosi qo`llanildi va 1 265 ta mansabdor shaxsga nisbatan hujjatlar tayyorlanib, ma`muriy sudlarga yuborildi».






