AsosiyJamiyat

Chirchiqda o`zini IIB xodimi deb tanishtirgan "Malibu" haydovchisi, aslida qidiruvdagi “firibgar” ekanligi aniqlandi

'Chirchiqda o`zini IIB xodimi deb tanishtirgan "Malibu" haydovchisi, aslida qidiruvdagi “firibgar” ekanligi aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 11 aprel kuni Yuqori Chirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori B.Mursaev tomonidan "Malibu" rusumli transport vositasi to`xtatiladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi xabar berdi.

Haydovchidan tegishli hujjatlar so`ralganda, u o`zini IIOda ishlashini hujjalari esa yonida yo`qligini aytadi.

Bu holat YPX inspektorida shubha uyg`otadi va fuqaro to`g`risida ma`lumot planshetga orqali tekshirilganda, u 1992 yilda tug`ilgan M.A. ekanligi (IIO xodimi emas) va O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan ayblanib, Toshkent shahar IIBB tomonidan 2021 yildan buyon qidiruv e`lon qilinganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan qonuniy chora ko`rish uchun haydovchi tegishli tartibda tuman IIBga olib borildi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar