Qarshi shahar hokimligi va boshqa mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilib, ish sudga o`tkazilgan.
Ta`kidlanishicha, Qarshi shahar hokimi amaldagi qonunlarga zid ravishda 318 ta holat bo`yicha bozor bahosi 156,4 mlrd so`mlik 105 gektar erga qaror chiqarib bergan.
Shundan bo`sh turgan 58 gektar er maydonlari prokuratura protesti orqali hokimlik zaxirasiga qaytarilgan. Qurilish ishlari amalga oshirilgan 27 gektar er maydonini qaytarish bo`yicha sudga 133 ta da`vo arizasi kiritilgan.
Shuningdek, Qarshi shahar hokimligi, Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi xodimlari va Qurilish bo`limining 7 nafar xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblov e`lon qilingan. Ayni vaqtda ish sudga yuborilgan.






