Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Sergeli tumanida tabiiy gaz ta`minoti to`lovlarini o`zlashtirib yuborgan MChJ aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
“P.S.” MChJ mas`ul shaxslari “Paynet” shahobchasi orqali 88 nafar iste`molchi tomonidan tabiiy gaz ta`minoti uchun naqd va plastik kartalar orqali amalga oshirilgan 129,3 mln so`m to`lovlarni “Hududgaz Poytaxt” korxonasi hisob raqamiga o`tkazmasdan, iste`molchilarning shaxsiy hisob varag`ida aks ettirmasdan, talon-toroj qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






