Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan, “Raqamli O`zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investisiya, Sog`liqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, “O`zagrosug`urta”da – 1 tadan.
Bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va o`zaro integrasiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelmoqda.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish bo`yicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga to`g`ri keladi. Eng og`ir holat Qoraqalpog`iston, Andijon va Surxondaryoda.
Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.






