AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`zgardi

'Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`zgardi'ning rasmi

Cog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan akademik Yo.To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Teshaev Bobur Qodirovich Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

36 yoshli Bobur Teshaev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining umumiy va neyroendokrinologiya bo`limlarida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Surxondaryo viloyati Endokrinologiya dispanseri bosh vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.    

B.Teshaev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar