Davlatimiz rahbari telekommunikasiya tarmog`ini kengaytirish yo`nalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, yil yakuniga qadar:
- 6 ming 800 ta yangi mobil stansiyani o`rnatish va 80 ta olis qishloqni aloqa tizimiga ulash (yana 38 ta qishloq 2023 yilda ulanadi);
- qo`shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash;
- respublika bo`yicha optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga etkazish;
- 60 foiz magistral yo`llarni mobil internet bilan ta`minlash topshirildi.
Eng muhimi, 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatida respublikada ilk bor yuqori quvvatli Ma`lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi.
Shuningdek:
- birinchi yarim yillikda 100 million, yil yakunigacha 300 million dollar investisiyani o`zlashtirish;
- ikki oy muddatda Abu Dabi fondi bilan “O`zbekiston pochtasi”ni transformasiya qilish rejasini ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo`yildi.






