Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Qo`qon shahrida sodir bo`lgan YTH bo`yicha ma`lumot berildi. Bu haqda YHXX ma`lum qildi.
Ma`lum qilishinicha, 12 aprel kuni soat 06:35 larda Farg`ona viloyati, Qo`qon shahrida 2005 yilda tug`ilgan (voyaga etmagan) M.A. "Lacetti" rusumli avtomobilda A.Charxiy ko`chasida qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomonga chiqib harakatlangan va xavfli manyovr bilan o`z yo`nalishiga o`tayotgan vaqtda boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishlarni ajratib turuvchi to`siq va unga o`rnatilgan ustunga to`qnashgan.
YTH natijasida, ushbu qoidabuzar haydovchi tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






