O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha iliq ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Ta`kidlanishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika shimolida va cho`l hududlarida ba`zi joylarda chang to`zon bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° gacha ko`tariladi.
Shuningdek, qayd etilishicha,Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 30-32° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.






