AsosiyJamiyat

O`zbeklar Yaponiyaga ishga jalb qilinadi

'O`zbeklar Yaponiyaga ishga jalb qilinadi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning Yaponiya kompaniyasi rahbari bilan o`tkazgan muzokarasida ushbu mamlakatda qurilish, qishloq xo`jaligi, qariyalarni parvarishlash, mehmonxona xizmati sohalarida ishlash uchun 2 mingta bo`sh ish o`rni mavjudligini ta`kidlandi.

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yaponiya tomoni yuqoridagi ishlarga O`zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyor ekanini bildirgan.  

Ma`lum qilinishicha, inson resurslarini rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega "JIC Holdings" kompaniyasi hozirgi kunda Vetnam, Tayvan, Fillipin, Mongoliya, Myanma, Indoneziya kabi davlatlardan 50 ming nafar texnik malaka oshiruvchilarni Yaponiyada ish bilan ta`minlab kelmoqda.

Bugungi kunda "JIC Holdings" kompaniyasi qariyalarni parvarishlash sohasiga 15 nafar o`zbekistonlik enagalarni ish bilan ta`minlangani aytiladi. Ular "Ishga marhamat" monomarkazlaridagi Yapon tili kurslarida tahsil olgan.

    Boshqa yangiliklar