O`zgidromet bosh direktori Sherzodxo`ja Habibullaev shoshilich axborot e`lon qildi.
Unga ko`ra, joriy yilning 18-20 aprel kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so`ngra Volga bo`yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi xisobiga O`zbekiston hududi bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldirorq bo`lishi mumkin.
jumladan:
- 19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi;
- 19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi;
- 20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi;
- 19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do`l yog`ishi mumkin.
- 18-20 aprelda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba`zi joylarda chang to`zon bo`lishi kuzatiladi.
- 19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 gradusgacha pasayadi.






