Aktrisa Jamila G`ofurova Instagram ijtimoiy tarmog`ida faol. U mazkur tarmoqqa tez-tez yangi suratlarini joylab, kundalik turmush tarzidan muxlislarini boxabar qilib turadi.
Jamila G`ofurovani ijtimoiy tarmoqdagi suratlariga erkaklar tomonidan yozib qoldirilayotgan izohlar darg`azab qilgan, shekilli. Har holda aktrisa kuni kecha Instagram`ga yangi surat joylab, quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi:
“Mana yangi rasm, qani yigitlar g`iybatni boshlanglar, uyatsiz gapni ommaga yozishdan oldin qizing, singling borligini esingdan chiqarma va katta ketib ular bunaqa gapni eshitishmaydi dema?! Ehhh...”.
Aktrisaning mazkur so`zlari qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. Jamilani kuzatib boruvchi kuchli jins vakillarining ayrimlari bundan xafa bo`ldi, tanqidiy fikrlar ko`paydi.
Boshqa guruh internet foydalanuvchilari esa aktrisaning yonini olib, uning so`zlarini ma`qulladi.






