Prezident o`tkazayotgan yig`ilishda suv omborlari atrofidagi 100 ming gektardan ortiq erlarda infratuzilma yaratishga yordam berish kerakligi ko`rsatib o`tildi.
Xususan, hokimlar bir oy muddatda ushbu erlarni konturlarga ajratib, ularga irrigasiya tarmog`ini loyihalashi; ushbu maydonlarda oziq-ovqat va ozuqa ekinlarini ekishga tayyor investorlarni jalb qilish bo`yicha loyiha to`plamlarini tayyorlashi zarur.
Hosildor urug` va ko`chat navlarini joylarga etkazish va mahsulotni sotib olishga Qishloq xo`jaligi jamg`armasidan Bog`dorchilik agentligiga qo`shimcha 300 milliard so`m ajratiladi.
Shuningdek, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda foydalanishdan chiqqan erlarni qayta tiklash ishlari sust ketayaptganligi ham qayd etilgan.
Qishloq xo`jaligi vazirligiga hokimliklar bilan birga bir hafta muddatda 135 ming gektar oborotdan chiqqan erlarni o`zlashtirish va ularda oziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirish ishlarini boshlash vazifasi qo`yildi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 170 milliard so`m ajratiladi.
Tomorqa xo`jaliklaridan samarali foydalanish masalasiga to`xtalar ekan, Prezident Farg`ona, Namangan, Andijon va Samarqanddan 600 nafar tajribali tomorqa egalari Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatiga borib, 1,5 mingta mahallada aholi tomorqalarida ekinlarni to`g`ri ekishni o`rgatayotgani haqida gapirdi.
Bu tajribani 2,5 mingta mahallada joriy etishi vazifasi qo`yildi.






