O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga 2022 yilning 1-choragi davomida iste`molchilardan 3552 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda federasiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu o`rinda tabbiy bir savol tug`iladi, bugun iste`molchilar qaysi sohalardan norzi bo`lmoqda? Kelib tushgan arizalarni tahlil etilganda: birinchi navbatda savdo sohasidan (1291 ta), gaz ta`minoti sohasidan(473 ta), elektr energiyasidan(285 ta), suv ta`minoti(182 ta), kommunal sohalar(136) kabi tarmoqlardan iste`molchilar noroziligi ko`rsatkichi yuqori ekanligini ko`rish mumkin. Bundan tashqari sog`liqni saqlash(46ta), xizmat ko`rsatish(servis173 ta), transport(122ta), aloqa va interet (106 ta) kabi sohalardan ham noroziliklar mavjud. Ijobiy hal etilgan murojaatlar natijasida iste`molchilar foydasiga 7 milliardan ziyod mablag` undirib berildi. Ko`rib chiqilgan har bir ariza, har bir so`m mablag` bir insonlarning huquqiy himoyasi, bir iste`molchi muammosining echimi deyish mumkin. Zero, “Odamlarning dardu-tashvishlari bilan yashash odamiylikning eng oliy mezonidir”... Iste`molchi sifatida sizni qiziqtirgan savol, qiynayotgan muammo bo`lsa Federasiyaning 10-91 ishonch telefoniga yoki Telegram-bot istemol.uz (@ PotrebitelUz_bot) ga murojaat qilishingiz mumkin.






