“Qamchiq” dovonida inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 15 aprel kuni soat 17:22 da "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong`in qutqaruv boshqarmasiga A-373 “M-39 Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali – O`sh” avtomobil` yo`lining 196 kmda, “Toshkent–Vodiy” yo`nalishda harakatlangan, Qirg`iziston Respublikasiga qarashli ChAKMAN rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`l o`rtasidagi beton to`siqqa urilib, qarama-qarshi yo`nalishning bir qismiga yonboshlab qolgani va yo`lning harakat qismini to`sib qo`yganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq" MQYoQB qutqaruvchilari, YPX va "Qamchiqavtoyo`l" IYFUK xodimlari etib kelishgan.
Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo`lgan, haydovchi (avtomashinada xaydovchining o`zi bo`lgan) Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi voqea joyida vafot etgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari to`liq bartaraf etilib, yo`l-patrul xizmati xodimlari avtomobillarning havfsiz harakati ta`minlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo`llarda harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`rab qoladi.






