Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturidan muvaqqiyatli o`tgan nomzodlarga “Globogate Recruiting GmbH” kompaniyasi tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi va xizmatlar kafolatlanadi:
ishga bepul joylashtirish, xizmatlar va ro`yxatdan o`tish uchun to`lov olinmaydi;
hujjatlar tarjimasi, tarjimalarni sertifikatlash va bepul autentifikasiya qilish;
A1 dan V2 gacha nemis tilidagi bepul kurslar (o`qituvchilar uchun to`lov, o`quv materiallari va boshqalar);
Toshkentdagi Gyote institutida nemis tilidan bepul imtihon;
- ISh HAQI — 2200 evrodan boshlanadi;
- Germaniya hamshiralari bilan bir xil ish sharoitlari;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyagacha bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- Germaniyada ish joyida bepul o`qitish;
- Germaniyada professional tan olinishi uchun bepul imtihon topshirish;
- Germaniyada qo`shimcha malaka oshirish imenno;
- - O`zbekistonda va Germaniyada butun dastur davomida doimiy qo`llab-quvvatlash;
- Germaniyada vaqtinchalik bepul uy-joy va ish haqining bir qismini darhol berish.
Asklepios uchun:
talablar va shartlar Axen universitet kasalxonasi bilan bir xil. Yagona farq shundaki, psixiatriya shifoxonasida kamida 2 yillik ish tajribasi talab qilinadi.
"Globogate Recruiting GmbH” va ish beruvchi bilan intervyudan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar dastur majburiyatlarini va ish beruvchilardan biri bilan kamida 3-5 yilga mehnat shartnomasini oladi.
Loyihada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro`yxatdan o`tish mumkin.