AsosiyJinoyat

Chirchiqda tadbirkorning 533,6 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi

'Chirchiqda tadbirkorning 533,6 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda “M.M.” MChJ rahbari X.X. “M” MChJdan vaqtincha foydalanish uchun ijara shartnomasiga asosan qabul qilib olgan qurilish ishlarida foydalanadigan 533,6 mln so`mlik texnika va uskunalarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar