Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, noma`lum shaxs Yozyovon tumani "Qoratepa" mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi U.Z ismli fuqaroga telefon qilib, ishonchiga kiradi. Unga tegishli plastik karta hisobida bo`lgan 6 million 60 ming so`m pullarni firibgarlik yo`li bilan echib olgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida yashovchi A.J. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.






