Internet tarmog`ida ikki maktab o`quvchilari o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB quyidalarni ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 15 aprel kuni taxminan soat 15. 00 da Mirobod tumanida 14 yoshli I. B. 14 yoshli D. N. (jabrlanuvchi)ga qo`ng`iroq qilib, muloqot chog`ida o`smirlar o`zaro janjallashib qolishgan. I. B. mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida voyaga etmagan D. N. bilan “Yuksalish” mahallasi hududida uchrashishgan va janjallashib ketishgan. Natijada D.N.ga tan jarohati etkazilgan.
Holat bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va ota-onalar O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortildi.






