AsosiyJamiyat

Ramazon ro`zasini sababsiz tutmay, keyin tutib berish to`g`rimi?

'Ramazon ro`zasini sababsiz tutmay, keyin tutib berish to`g`rimi?'ning rasmi

 Agar bir odam sababsiz Ramazonning bir kunini ro`za tutmay o`tkazib yuborsa va keyin tutib bersa savobi Ramazondagi kabi bo`ladimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sababsiz bir kun tutmasa, gunohkor bo`ladi. Ramazondan keyin bir kuniga bir kun qazo qilib, tutib berishi vojib bo`ladi.

Ramazonda sababsiz tutilmagan ro`za keyinchalik qazo qilib tutilganda bo`yindan soqit bo`lsada, lekiin uning Ramazondagi kabi savobiga erisha olmaydi. Hadisi sharifda shunday deyiladi:

من أفطر يومًا من رمضان من غير رخصة ولا مرض لم يقضِ عنه صيام الدهر كله ، وإن صامه

ya`ni: “Kim Ramazon oyida bir kun sababsiz va kasalliksiz ro`za tutmasa, butun umr ro`za tutsa ham uning o`rnini bosa olmaydi” (Imom Ahmad rivoyatlari). Vallohu a`lam.

Manba: O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati.

 

 

    Boshqa yangiliklar