Ular og`ir kuyish tan jarohati sabab shifoxonada vafot etishgan.
Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida gaz balloni chaqnashidan kuyish tan jarohatini olgan er-xotin va ularning 10 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda “Daryo.uz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 11-aprel kuni ertalab soat 07:00 atrofida Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida xonadonda foydalanib kelingan gaz ballondagi portlash sabab uch kishi og`ir, 80–90 foiz kuyish tan jarohatini olgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan 45 yoshli xonadon egasi, uning 42 yoshli xotini va 10 yoshli qizi jarohat olib, Bulung`ur tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.
15-aprel kuni chaqnashdan 90 foiz kuygan ona va qizi vafot etgan bo`lsa, 16-aprel kuni oila boshi olamdan o`tgan.






