Afsonaviy Zokirovlar sulolasining iste`dodli vakilasi Nargiz Zokirova 20 yil deganda ilk marta Toshkentga keldi.
Nargiz Zokirova bolaligi o`tgan mahalla hamda o`zi yashagan ko`p qavatli uyni borib ko`rdi hamda xotiralari bilan o`rtoqlashdi. Shu payt qo`shnilardan biri uni tanib qoldi.
Ma`lumot uchun: Nargiz Zokirova 1970 yil 6-oktyabrda Toshkent shahrida Zokirovlar oilasida tug`ilgan. Bobosi — Karim Zokirov (1912-1977), opera xonandasi (bariton), O`zbekiston SSR xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi O`zbek davlat opera va balet teatri solisti. Buvisi — Shoista Saidova — xonanda, xalq qo`shiqlari ijrochisi, Muqimiy nomidagi Toshkent musiqali drama va komediya teatri solisti. O`zbekiston SSRda xizmat ko`rsatgan artist (1952). Onasi - Luiza Karimovna Zokirova, 1960-1970-yillarda mashhur estrada xonandasi, xususan, akasi Botir Zokirov bilan duetda ijro etgan.
Nargiz 4 yoshida birinchi marta sahnada, 15 yoshida "Esla meni" qo`shig`i bilan chiqdi. 1995 yilda ota-onasi va qizi bilan O`zbekistondan AQShga yashash uchun jo`nab ketadi. U Nyu-Yorkdagi ilk yillarida do`konda, video do`konda, tatuirovka salonida ishlagan va restoranlarda chiqish qilgan. 2001 yilda u Internetda SSweet Rains Records tomonidan nashr etilgan "Oltin qafas" etno uslubidagi albomini yozdi. U turli guruhlarda kuyladi.
U Rossiyaning "Golos" televizion loyihasi barcha to`rt hakamni hayratda qoldirdi. 2013-yil 20-dekabrda musobaqa finaliga chiqdi va ikkinchi o`rinni egalladi.






