Buxoro viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro xalqaro aeroporti hududida tezkor profilaktik tadbir olib borildi. Bu haqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.
Tadbir jarayonida Buxoro xalqaro aeroportida ishlovchi, 1974 yilda tug`ilgan D.Z. o`ziga biriktirilgan aeroportga tegishli bo`lgan “ISUZU” avtobusda ishchi-xodimlarni yashash manzillariga olib borganidan so`ng, o`z xonadoniga kelgan. Avtobusning yoqilg`i quyish bakidan jami 50 litr dizel yoqilg`isini talon-taroj qilayotgan vaqtda qo`lga tushgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






