AsosiyJamiyat

Andijonda o`qituvchi darsga kechikkan o`quvchiga ariq suvi ichirgani aytilmoqda  

'Andijonda o`qituvchi darsga kechikkan o`quvchiga ariq suvi ichirgani aytilmoqda   'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo`lgan ushbu masalaga Zamon.uz' muxbiri oydinlik kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, voqea Izboskan tumanida sodir bo`lgan. Holatga o`quvchining sinfdoshlari ham guvoh bo`lishgan.

"Hamma bir-biriga suv sepib o`ynayotgandi. Domla shu suvni ichasan deb ichirib yubordi",-deydi ulardan biri.

Aslida o`qituvchi va o`quvchi qarindosh bo`lgan.

Ayon bo`lishicha, 6 sinf o`quvchisi darsga kechikib kirgan va o`qituvchiga qo`pol munosabatda bo`lgan.

"Men o`sha kuni navbatchi edim. U o`quvchi 2-soat oxiriga kechikib keldi. Sababi so`ralganda gap qaytardi. Qarindoshligim sabab unga o`zingni bos degan maqsadda 1 piyola suv ichirganman. Boshqa gaplar qaerdan kelyapti, bilmayman",-deydi o`qituvchi.

    Boshqa yangiliklar