Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl Rossiyaga qarshi (3:0) Evro–2016 turniri “V” guruhi 3-turida gollardan biriga mualliflik qilib, o`ziga xos natijani qayd etdi.
“Real” yarim himoyachisi guruh bosqichining barcha o`yinlarida gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Avvalroq u Slovakiya (2:1) va Angliyaga (1:2) qarshi o`yinlarda gol kiritgandi.
Bunga qadar olti nafar futbolchi bu ishni uddalagan - Mishel Platini (1984), Xristo Stoichkov (1996), Alan Shirer (1996), Savo Miloshevich (2000), Milan Barosh (2004) va Rud van Nistelroy (2004).





