AsosiyJamiyat

Afg`oniston O`zbekiston temir yo`lchilari bilan hamkorlikni to`xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi ma`lumotlarni rad etdi

'Afg`oniston O`zbekiston temir yo`lchilari bilan hamkorlikni to`xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi ma`lumotlarni rad etdi'ning rasmi

Joriy yil 12-14 aprel kunlari Termiz shahrida O`zbekiston va Afg`oniston temir yo`l delegasiyalari o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuvda OAVlarda Afg`oniston Respublikasi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ bilan hamkorlikni to`xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi ma`lumotlarni rad etib, aksincha, B.Sharafat ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va uni yana-da kengaytirish haqidagi rejalarni alohida ta`kidladi. Jumladan, Afg`oniston mutaxassislari “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli «So`g`diyona-Trans» sho`ba korxonasining faoliyati va 2011 yildan “Xayraton – Mozori-Sharif” temir yo`l liniyasining ekspluatasiyasi bo`yicha olib borilayotgan ishlardan to`liq mamnunligini bildirdi.

Muzokaralar chog`ida Afg`oniston tomoni “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda vagonlarni tushirish jarayonini tezlashtirish, bu orqali Hayraton stansiyasiga kiruvchi yuklar hajmini oshirish, shuningdek, imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish bo`yicha chora-tadbirlarni tashkil etishga tayyorligini ta`kidladilar va shu bilan Naybobot va Mozori-Sharif stansiyalarini qayta tiklash jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilishi alohida ta`kidlandi.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Termiz shahridagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markaziga tashrif byurishdi. Shuningdek, mehmonlar Termiz lokomotiv deposidagi afg`onistonlik temiryo`lchilari o`tayotgan amaliy mashg`ulotlar o`quv markazi faoliyati bilan ham tanishdilar. Ta`lim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan, afg`onistonlik temiryo`l mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun o`zbekistonlik temiryo`lchilar bilan birgalikda Hayraton stansiyasi qoshida dala o`quv markazi tashkil etish rejalashtirilgan.

"Bugungi davrda, ayniqsa, Internetda turli xil soxta ma`lumotlar avj olgan paytda jurnalistlar va OAV vakillariga alohida murojaat etmoqchimiz. Turli geosiyosatga oid mavzularni yoritish masalalariga jiddiy yondashishingizni, qator norasmiy havolalar va repostlarga ehtiyotkorlik bilan foydalanishishingizni, eng muhimi, ma`lumotlarni tekshirish va qayta tekshirishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar