AsosiyJamiyat

Qirg`izistonga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valyutalar ushlab qolindi

'Qirg`izistonga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valyutalar ushlab qolindi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti chiqish-avto yo`lagi orqali Qirg`iziston Respublikasiga o`tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro M.U. boshqaruvidagi “HYUNDAI SOLARIS” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.   Bu haqda Bojxona qo`mitasi ma`lum qildi.

Natijada avtotransport vositasining  yo`lovchi o`rindig`i orqasidagi cho`ntagidan deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan olib chiqish me`yoridagi naqd xorijiy valyutadan ortiqcha bo`lgan 17 ming AQSh dollari mavjud ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar