AsosiyJamiyat

Qarshi shahridagi qator banklar bankomatlarida naqd pul tugab qoldi

'Qarshi shahridagi qator banklar bankomatlarida naqd pul tugab qoldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi qator banklar, shu jumladan, "O`zsanoatqurilishbank"ga tegishli bankomatlarda naqd pul yo`qligi to`g`risida xabarlar tarqaldi.

"O`zsanoatqurilishbank" Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur vaziyat tezkorlik bilan o`rganilib, qisqa fursat ichida bankka tegishli bankomatlar naqdliklar bilan to`liq ta`minlandi. 

Ta`kidlanishicha, shu bilan birga bankomatlardan foydalanish chog`ida navbatlarning oldini olish maqsadida Bank filiali xodimlari ham mijozlarga yaqindan yordam bermoqda.

 

    Boshqa yangiliklar