AsosiyJamiyat

Yangiyo`ldagi avtohalokatda 12 yoshli bola va yana bir yo`lovchi vafot etdi(video)

'Yangiyo`ldagi avtohalokatda 12 yoshli bola va yana bir yo`lovchi vafot etdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardada Yangiyo`l tumanida sodir bo`lgan dahshatli avtohalokat aks etgan videolar tarqaldi. 

IIV Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha,  avtohalokat bugun, 2022 yil 18 aprel kuni soat 06:15 larda Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 829-kilometrida sodir bo`lgan. 1980 yilda tug`ilgan haydovchi  U.I. "Lada-Largus" avtomobilida ketayotib, uxlab qolishi natijasida yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan 1976 yilda tug`ilgan haydovchi  U.U. boshqaruvidagi "Isuzu" yuk avtomobilning orqa tomoniga to`qnashgan.

Hodisa natijasida "Lada-Largus" avtomobili yo`lovchilari, 1983 yilda tug`ilgan M.O. va 2010 yilda tug`ilgan O.J.lar olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana bir yo`lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangiyo`l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar