AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi internet klublarning birida 17 yoshli o`quvchi urib o`ldirildi

'Poytaxtdagi internet klublarning birida 17 yoshli o`quvchi urib o`ldirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi internet klublarning birida 17 yoshli o`quvchining vafoti to`g`risida xabarlar tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, voqea 17 aprel kuni taxminan soat 18.00 da Sergeli tumanida joylashgan Internet klublarning birida sodir bo`lgan. Klubda 18 yoshli X. S. 17 yoshli maktab o`quvchisi I. Sh. bilan o`zaro janjal kelib chiqqan. Kelishmovchilik natijasida X. S. I. Sh. ga tan jarohati etkazgan. 

Etkazilgan tan jarohati oqibatida o`smir kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi ("Qasddan badanga og`ir shikast etkazish") bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan, tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar