AsosiyJamiyat

Koreyada 4 yilu 10 oy muvaffaqiyatli ishlab, qayta shartnoma bilan kelganlar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Koreyada 4 yilu 10 oy muvaffaqiyatli ishlab, qayta shartnoma bilan kelganlar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyat yumshatilgani inobatga olinib, Koreya Respublikasida 4 yilu 10 oy muvaffaqiyatli ishlab qayta shartnoma bilan kelgan fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni tiklanmoqda.

Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasida 4 yilu 10 oy muvaffaqiyatli ishlab qayta shartnoma bilan kelgan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida ro`yxatdan o`tmagan, viza uchun tegishli hujjatlarni taqdim etmagan fuqarolar zudlik bilan 99871-202-33-55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari so`raladi.

Eslatma: Shartnomasi va viza tasdiqnomasi bekor qilingan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga viza uchun hujjatlarini taqdim etgan fuqarolar bundan mustasno.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi shartnoma loyihalari va viza tasdiqnomalari berilgan, viza tasdiqnomalari rasmiylashtirilgan fuqarolarni Koreya Respublikasiga kirib borishlarini kafolatlamasligini ma`lum qiladi. 

    Boshqa yangiliklar