AsosiyJamiyat

Xalqaro Mendeleev olimpiadasi O`zbekistonda o`tkazilmoqda

'Xalqaro Mendeleev olimpiadasi O`zbekistonda o`tkazilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 9-16-may kunlari  bo`lib o`tadigan 56-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasiga O`zbekiston mezbonlik qiladi.

Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli olimpidada Avstriya,  BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya kabi 20dan ortiq davlatlarning o`quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangi O`zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Xalqaro Mendeleev olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.

  https://imcho56.uz/

Ma`lumot uchun: Xalqaro Mendeleev olimpiadasi 1948-yilda tashkil etilgan bo`lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar