Ijtimoiy tarmoqlarda siyosatshunos 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar paydo bo`ldi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G`iyosov holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani «Chaqar» mahallasida o`tkazilayotgan sanitariya-profilaktik tadbirlar jarayonida, fuqaro Kamoliddin Rabbimov xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashgan.
Rabbimov ularning ishiga to`sqinlik yaratib, qonuniy talablarini bajarmagan.
Holat yuzasidan fuqaro unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183 (mayda bezorilik), 194 (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalari (ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish) bilan materiallar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko`rish uchun Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.






