Afg`oniston hududidan O`zbekistonning Termiz shahridagi harbiy ob`ektlariga raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko`ra, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
O`zbekiston-Afg`oniston davlat chegarasi O`zbekiston harbiylari tomonidan to`liq nazorat qilinib, barqaror vaziyat ta`minlanmoqda.
"Fuqarolarimizdan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti taqdim etgan ma`lumotda.






