Turkiston viloyati (Qozog`iston)ning Sariag`ash tumanida mutaxassislar joriy yilda ilk bor paydo bo`lgan marokash chigirtkasi lichinkalari ''o`chog`ini'' aniqlashdi. Bu xavfli karantin zararkunandasini yo`q qilish bo`yicha ishlar boshlanishi uchun ''signal' vazifasini o`taydi, deb yozmoqda KazakhZerno.kz.
Bu yilgi iqlimiy prognozlarga ko`ra, joriy yil o`tgan yildagidek ''chigirtkalar bosqini'' xavfi yuqori bo`lmasada, ayni Qozog`istonning janubiy viloyatlarida topilgan lichinka o`chog`i chegara hududlarida karantin va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini tezroq amalga oshirish kerakligiga undaydi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Andijonda noma`lum hasharotlarlar tarqalgani xabar qilingan edi.






