AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi yangi tumanga hokim tayinlandi

'Qashqadaryodagi yangi tumanga hokim tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko`kdala tumanini tashkil etish to`g`risidagi hujjatga imzo chekdi.

Shuningdek, Qashqadyor viloyatining Chiroqchi va uning bir qismida tashkil etilgan Ko`kdala tumaniga hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda

Xurram Abdurazikovich Jo`raev Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumaniga  hokim etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Chiroqchi tumaniga esa Nodir Erkaev hokim etib tayinlandi. Boshqa ishga o`tgani sabab viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar