Hindistonning Rajkot shahrida 1632 nafar homilador ayol yoga seansida qatnashib, dunyo rekordini o`rnatishdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Avvalgi rekord Xitoyda o`rnatilgan bo`lib, unda bir paytning o`zida 900 nafar homilador ayol yoga bilan shug`ullangan edi.
Bu aksiya 21 iyun Xalqaro yoga kuniga bag`ishlab o`tkazilgan. Asosiy tadbir Hindistonning Chandigarx shahrida bo`lib o`tgan. Unda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan birga 30 ming nafar yoga muxlisi qatnashgan.