Ijtimoiy tarmoqlarda «Aytishlaricha Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi(FNQIZ)da portlash(yoki) yong`in bo`lgan, 4 yoki 5 nafar ishchi halok bo`lgan, 1 nafari og`ir yaralagan(bemorning yaqinlari xabar qilishdi) Batafsil shu haqda eshitganlar bormi?» deb nomlangan xabar tarqaldi. Farg`ona viloyati FVB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 18 aprel kuni soat 12.20larda Toshloq tumani, Varzak mfy, Dasht hududida joylashgan (jamiyat rahbari K.A.Aning) “Farg`ona neft mahsulotlari” mas`ulyati cheklangan jamiyatning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda “Koks” ishlab chiqarishga mo`ljallangan sex hududida chaqnash sodir bo`lganligi to`g`risida habar kelib tushgan.
Ushbu ishlab chiqarish sexidan foydalanish maqsadida sinov tariqasida ishlatish jarayonida chaqnash sodir bo`lib, oqibatida 2 nafar korxona ishchisi va 3 nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jaroxati olib, davolanish uchun tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.
Yuqoridagilarga asosan chaqnashga sig`imni uzoq vaqt davomida qizdirilishi, sig`im ichida bosimni ortib ketishi va sig`imga payvand qilingan qopqog`i bosimni ko`tara olmay ochilib ketishi oqibatida sig`im ichida to`plangan gaz kondensatini alangalanishi natijasida sig`im atrofida bo`lgan 5 nafar fuqarolarning tan jarohat olishlariga sabab bo`lgan, deb taxmin qilindi.
Voqea joyini o`rganilganda xavfli ishlab chiqarish ob`ektni loyixalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bog`lik ishlar uchun tegishli loyixa xujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o`tkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yo`l kuygan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli xodimlar tomonidin tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar❗️ Yuqoridagi kabi xolatlar bo`yicha, o`z vaqtida, darxol viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ☎️"1050" yoki ☎️"101" qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so`raymiz", - deyiladi FVb xabarida.






