AsosiyJamiyat

Andijon va Namanganda Koreya ishga va o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

'Andijon va Namanganda Koreya ishga va o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.I. boshqa bir fuqaro B.ni Janubiy Koreya davlati oliy ta`lim muassasalarining biriga o`qishga kiritib qo`yish va ishlash uchun yuborish evaziga 2 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, keyinchalik 100 AQSh dollarini qaytarib berib, qolgan 1 900 AQSh dollarini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Shu kabi, Departament hamda DXXning To`raqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. fuqaro S.ni 3 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish masalasini hal qilib berishni va`da qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar