AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” AJ 3 oyda ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini oshirdi

'“UzAuto Motors” AJ 3 oyda ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini oshirdi'ning rasmi

“UzAuto Motors” AJ 2022 yilning birinchi choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini bajarishga erishib, samarali natijalarni qayd etdi.

Kompaniya 2022 yilning birinchi choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi. Shu bilan birga, Asaka zavodida birinchi chorakda 19 192 dona "Cobalt" va 19 439 dona "Lacetti"  avtomobil modellari ishlab chiqarildi. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona “Damas” va 3540 dona “Labo” rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.

Ta`kidlash joizki, "UzAuto Motors”  birinchi chorakda Asakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni to`xtatmagan holda, yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.

    Boshqa yangiliklar