AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab o`quvchi qizlariga uyatsiz harakatlar sodir etgan psixolog bo`yicha ma`lumot berildi

'Toshkentda maktab o`quvchi qizlariga uyatsiz harakatlar sodir etgan psixolog bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 158-sonli maktabda o`quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etilganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, joriy yilning 7 aprel kuni Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabda 1963 yilda tug`ilgan, shu maktabda psixolog lavozimida ishlovchi Azad Gasanov voyaga etmagan qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Gumonlanuvchi A.Gasanov shahar klinik psixiotriya shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar