Bu tartib YPX xodimlarining o`z vakolatini suiiste`mol qilib boshqa hududda, noqonuniy faoliyat olib borishiga sabab bo`lmaydimi?
Muhokamalarga sabab bo`layotgan ushbu savollarga AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida IIV JXD YHXX boshlig`i o`rinbosari, polkovnik Erali Bozorov javob berdi, deya xabar bermoqda darakchi.uz muxbiri Oybek Shukurov.
" – 2021 yilda bo`lgan holatlardan o`zingiz xabardorsiz. Lekin bu degani inspektor nazoratsiz qoladi degani emas. Hammaning xabari bor bugungi kunda barcha YPX xodimlari barchasi "bodi-kamera" bilan ta`minlangan. Bundan tashqari ko`llarida planshet bor. Bu ikki moslama orqali biz qaysi xodim, qaerda, soat nechidan nechiga faoliyat olib borganini bilib olishimiz mumkin. Bu to`liq nazorat ostiga olingan.
Xohlasangiz buni amaliy tadbirda ham ko`rishimiz mumkin, bizda maxsus markazlar tashkil etilgan. Biz u orqali Qoraqalpog`istonda ish olib borayotgan inspektor xodimini ham kuzatib o`tirish imkoniyatga egamiz", - deydi YHXX boshlig`i o`rinbosari, polkovnik Erali Bozorov.






