AsosiyJamiyat

Bugun Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari 2 ta eng muhim masala bo`yicha hisobot beradi

'Bugun Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari 2 ta eng muhim masala bo`yicha hisobot beradi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta`minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar bermoqda.

Prezident yig`ilish avvalida bugun Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari quyidagi 2 ta eng muhim masala bo`yicha hisobot berishini ta`kidlagan:

● hokim yordamchilari 3 oylik faoliyatining dastlabki natijalari;

● aholi bandligini ta`minlash bo`yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar.

Yig`ilishda qayd etilishicha, hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni to`liq xatlovdan o`tkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgan.

 Bular:

  •  11 foizi — kam daromadli;
  •  47 foizi — doimiy daromadi bo`lgani bilan qo`shimcha daromadga ehtiyoji bor;
  •  6 foizi — ijtimoiy himoyaga muhtoj;
  •  36 foizi — iqtisodiy ahvoli yaxshi, o`ziga to`q oilalar hisoblanadi.

Ya`ni, yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod bo`yicha 1-o`rinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib oldilar.

Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligini ta`minladi hamda 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o`qitdi.

 

    Boshqa yangiliklar