AsosiyJamiyat

Andijonda 5 ta avtomobil to`qnashdi

'Andijonda 5 ta avtomobil to`qnashdi'ning rasmi

Voqea bugun soat 09:00 larda Andijon tumanida sodir bo`lgan.

Mazkur baxtsiz hodisa oqibatida  "Damas" avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

YHXX ma`lumotiga ko`ra, Qo`shariq MFY hududidan o`tuvchi 4P-116 avtomobil yo`lining 4-kilometrida haydovchilar:

1) 2002 yilda tug`ilgan S.S. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;

2) 1993 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi yana bir "Lacetti" rusumli;

3) 1999 yilda tug`ilgan Sh.E. boshqaruvidagi "Damas" rusumli;

4) 1987 yilda tug`ilgan Z.T. boshqaruvidagi "Tico" rusumli;

5) 1986 yilda tug`ilgan F.Sh. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, "Damas" avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

"Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar