Bugun O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov va Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi Matbuot bo`yicha maslahatchisi Hamdi Turşucu o`rtasida ishchi uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, uchrashuv davomida Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag`ishlab an`anaviy o`tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanloviga Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan taklif etilayotgan nominasiyalar muhokama qilindi.
Maslahatchi Hamdi Turşucu O`zbekiston-Turkiya diplomatik aloqalari o`zbek matbuotida keng va teran yoritilayotganini e`tirof etib, ayni yo`nalishda qo`shimcha nominasiya kiritish istagini bildirdi.






