AsosiyJamiyat

Davlat bojxona qo`mitasi raisi o`rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o`rinbosar bo`ldi

'Davlat bojxona qo`mitasi raisi o`rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o`rinbosar bo`ldi'ning rasmi

Qodirov Utkirjon G`ayratovich Qashqadaryo viloyat hokimining o`rinbosari – viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu lavozimda Baxrom Yusupov ishlab kelayotgan edi.

U 1984 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug`ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O`zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.  

U hozirgacha O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan Alisher  Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o`rinbosar etib tayinlangan edi. 

    Boshqa yangiliklar