O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ham yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo`ladi.






