AsosiyJamiyat

2 farzandi bilan Rossiyada qiyin ahvolda qolib ketgan ona vataniga qaytarildi

'2 farzandi bilan Rossiyada qiyin ahvolda qolib ketgan ona vataniga qaytarildi'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, ular shu vaqtgacha erto`lada yashab kelgan.

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, andijonlik G.U.ga tanishlari Rossiya Federasiyasining Moskva shahridan ish taklif qiladi. U 2021 yil dekabr oyida 2 nafar farzandi bilan Rossiyaga ishlash uchun jo`naydi.

U Moskvada ham qiynaldi, ish joyidan oylik maosh ololmay qoladi. Turar joysiz, ko`pqavatli uylarning erto`lalarida yashab yuradi. Qurilish ishlarida mehnat qiladi.

Shundan so`ng, yosh ona 2 nafar farzandi bilan Xalqaro migrasiya tashkiloti mablag`lari hisobidan va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ko`magida O`zbekistonga olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar