Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti bo`lib, dunyo bo`ylab 180 ta mamlakatlaridagi milliondan ortiq tashkilotlarni sertifikatlashtirgan. ISO 9001 standarti asosan boshqarish mexanizmidir.
Davlat dasturiga asosan, vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma`muriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish belgilangan. Shu bois vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining ISO 9001 xalqaro standartini joriy qilish maqsadida, 67 ta vazirlik va idoralar ro`yxati shakllantirildi.






