AsosiyJamiyat

Buxoroda 27 nafar fuqaroga “Buxoro-Domodedovo” yo`nalishida qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib bergan MChJ rahbari qo`lga olindi

'Buxoroda 27 nafar fuqaroga “Buxoro-Domodedovo” yo`nalishida qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib bergan MChJ rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyatida fuqarolarga qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib bergan MChJ rahbari va uning sherigi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MChJ rahbari muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan N.M. va fuqaro I.G.lar oldindan til biriktirib, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida “S.A.” AJ nomidan 27 nafar fuqaroga “Buxoro-Domodedovo” yo`nalishi bo`yicha qalbaki aviachipta rasmiylashtirib berib, ularning jami 52,7 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar